DIQQAT!!!
Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pul yig‘imi qat’iyan taqiqlanadi!
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali maktablar va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida turli xil tadbirlar o‘tkazish uchun ota-onalardan va o‘quvchilardan pul mablag‘lari yig‘ilayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ta’lim muassasalarida ta’mirlash (remont) uchun, turli tadbir (so‘nggi qo‘ng‘iroq) va bayramlar uchun pul yig‘ish qat’iyan taqiqlanadi!
Siz qaysidir maktab yoki maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pul yig‘ish bilan bog‘liq holatlar haqida xabardor bo‘lsangiz, Toshkent viloyati Zangiota tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo'limining +998 93 562-05-56, +998 99 879-70-03 raqamli «ishonch telefoni»ga murojaat qilishingiz so‘raladi.
🖊 Toskent viloyati Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining axborot xizmati.